Buxoro viloyatining Turkmaniston bilan çegaradoş Olot, Qoraköl va Romitan tumanlarida ayniqsa talafot katta bölgan. Şuningdek, Kogon va Şofirkon tumanlarida ham zarar körganlar bor.

Olot tumani sari bor ekanmiz, Qoraköl tumanidan ötuvçi yöl ustidayoq kuçli şamol oqibatlarini köriş mumkin edi — aksariyat uylarning tomi uçib ketgan.

Olotda esa butkul boşqaça manzara ustidan çiqdik. Bu yerda tomiga zarar yetmagan uy qolmagandi hisob.

Biz Olotga borgan 4 may kuni qattiq yomğir boşlanib qoldi. Ayrim uylarning tomida işlayotgan ustalar ham işni vaqtinçalik yiğiştirişga majbur bölişdi.

Yomğir kuçaygandan kuçaya boşladi. Şamoldan aziyat körgan mahallalarda böldik. Tomi qayta yopilişga ulgurilmagan uylardan çakka öta boşlagan edi.

Yana bir kottejda istiqomat qilayotgan yoş oila davlat tomonidan yordam sifatida taxta va profnastil ajratilgani, biroq ustalar masalasida muammo bölib turganini aytdi. To ustiga vaqtinça taşlangan kleyonka ham ularni çakka ötişidan saqlab qololmadi.

Bunday tabiiy ofatni heç kim kutmagani rost. Uning oqibatlari juda ayançli. Ayniqsa, Olot tumanida. Şuning uçun ofat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça viloyat ştabi şu tuman markazidagi sport majmuasida joylaşgan.

Majmua stadionida (prezident Ş.Mirziyoyev şu yerda mahalliy aholi vakillari bilan uçraşgan edi) şifer, oyna, taxta kabi quriliş materiallari aholiga röyxat böyiça paydar-pay tarqatilmoqda.