Singapurda qolib ketgan yuzga yaqin talaba Özbekistonga qaytolmayapti
|04:01 / 10.05.202020 15210 min
Kun.uz tahririyatiga Singapurda tahsil olayotgan bir guruh talabalar murojaat qilib, aviaqatnovlar tiklanmayotgani tufayli Özbekistonga qayta olmayotganini, rasmiylar charter reyslar qaçon qöyilişi böyiça aniq ma'lumot berilmayotganidan şikoyat qilişdi.
Ma'murjon Abdunazarov:
– Singapurga sentabr va oktabr oylarida kelganmiz. Hozir 1-kursdagilarning öqişi tugadi, 2-kursdagilarniki tugaş arafasida. Karantin tufayli imtihonlarni onlayn topşiradigan böldik. Ayni paytda birgina Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida 90 nafardan ortiq özbekistonlik talaba bor. Karantin çeklovlari e'lon qilingani uçun öqişimiz tugagandan söng bir haftadan keyin qaytib ketişimiz kerak edi. Lekin hali charter reys böyiça ham heç qanday xabar bölgani yöq.
Aviaqatnovlar qaçon tiklanişini sörab Özbekistonning uşbu mamlakatdagi elçixonasiga ham bordik. Ota-onalarimiz Taşqi işlar vazirligi va boşqa mutasaddi taşkilotlarga murojaat qilişdi. Lekin haligaça heç qanday xabar bölgani yöq.
Yana bir xavotirga tuşadigan joyi, Singapurda koronavirusdan zararlanganlar soni 20 mingdan ortdi. Ya'ni zararlaniş körsatkiçlari Özbekistonga nisbatan ança yuqori. Köça-köyda karantin çeklovlari joriy etilgan. Lekin baribir köpçilik zararlangani tufayli kasallikni yuqtirib oliş ehtimoli yuqori bölib turibdi. Bunday şaroitda eng oqilona yeçim – tezroq vatanga qaytiş. Hozir virus yuqtirib olişdan qörqib köçaga çiqmasdan yotoqxonamizda ötiribmiz.
Feruzxon Ğoyipov:
– Yotoqxonada bir oy turişimiz uçun 600 singapur dollari tölaymiz. Vizalarimiz yangilanadigan muddat yaqinlaşyapti. 20 maygaça köpçilikning vizasi muddati tugaydi. Agar bu yerda yana qoladigan bölsak, vizamizni yangilaşimiz kerak böladi, buning uçun 100 dollar tölaşimiz kerak.
Charter reys qöyilmasa, bu yerda yana bir oy qolib ketgan taqdirimizda 700 dollar ortiqça xarajat qilişimizga töğri keladi. Karantin sababli köp işlar çegaralangan. Yeb-içişimizda-ku muammo yöq, uydagilar pul yetkazib turişibdi, lekin yotvolib yeb ota-onalarimizga oğirlik tuşirişni istamaymiz. Bu yerdagi har bir kunimiz xarajat degani. Pandemiya tufayli ba'zi mahsulotlar narxi keskin oşdi. Lekin oziq-ovqat mahsulotlari oşirilmadi. Örtaça narxda saqlab qolindi. Singapur – Osiyodagi eng qimmat şaharlardan biri.
Mavzuga oid
Yotoqxonamizda 10 maygaça yaşaşimiz mumkin. Undan keyin qolsak, yana oylik tölovni tölaymiz. Hattoki bir kun tursak ham. Holatimizdan kelib çiqib charter reys qöyilişini sörab elçixonaga murojaat qildik. U yerdagilar “Bu masala bizning qölimizda emas, buni respublika komissiyasi hal qiladi”, deyişdi.
Singapurda kasallaniş körsatkiçi yuqori bölgani uçun hamma davlatlarning elçixonalari bu yerdagi fuqarolarini tibbiy niqoblar bilan ta'minlab turibdi. Yotoqxonada boşqa davlatlardan kelgan talabalar bilan birga turganimiz uçun buni körib turibmiz. Lekin bizga hali heç kim tibbiy niqob olib kelgani yöq. 20 dona tibbiy niqob bizga 15 dollarga tuşadi. Şuning uçun judayam köp xarajat qilib qöyyapmiz.
Barnoxon Samadova:
– Bularning asosiy qismi “Foundation course”, ya'ni bizning tuşunça böyiça 1-kurs talabalaridir. Ularning öqişi 17 aprelda tugab bölgan. Hozir, masalan, 96 nafar talaba qaytişni talab qilayotgan bölsa, ularning 80ga yaqini birinçi kurs talabalari. Menimça, imtihon 17 aprelda bölişi kerak edi. Keyin onlayn topşirişga ötkazişdi. Öşa vaqtdan beri ular qaytib kela olişmayapti.
Birinçi kurslarning asosiy qismi 22 aprelgaça biletni olişgan. Hammasining qölida bileti bor. Biletni topşirişmagan. Pulini ham qaytarib olişmagan. Çunki karantin bölib barça kassalar yopilgan.
Elçixonadagilar charter reys masalasi 20 apreldan keyin hal böladi, deyişgan edi. Lekin haligaça javob bölgani yöq. Şunga hayron bölib ötiribmiz. Nima böladi endi bu yoğiga ularning taqdiri? Hozir zararlanganlar soni keskin oşib ketyapti.
Dildora Yunusova:
– Biz hattoki pandemiya boşlanişidan oldin köpçilik ota-onalar institutga murojaat qilgan edik. Universitet rahbariyati pandemiya tufayli farzandlaringizning öqişini tezlatib, bağirlaringizga yuboramiz, 16 aprelgaça hammasi tugaydi deb söz berişgandi. Şuni möljallagan holda aviaçiptalarni 22 aprelga olgandik. Lekin karantin bölgani uçun farzandlarimiz qolib ketişdi.
Mayli, karantin çeklovlari tugab qolsa ham, charter reys bilan kelişadi, deb öylagandik. Köp joylarga murojaat qildik. Elektron tarzda ham murojaat qildik. Xat ham jönatdik. Biroq hali heç qayerdan tuzukroq natija yöq. “Maxsus komissiya körsatma bersa, keyin qilamiz”, deyişgandi. Komissiya bilan esa boğlana olmayapmiz.
Ma'murjon Abdunazarov:
– Boşida şartnoma böyiça tibbiy suğurtaga pul tölaganmiz. Kursdoşlarimiz orasida Singapurga endi kelgan paytimizda oyoği singanlar, şuningdek, şamollaganlar böldi. Biroq bizning tibbiy suğurta bunday holatlarga ötmas ekan. Kursdoşlarimiz yana uyidan yordam sörab, pul tölab davolanişlariga töğri keldi.
Yana bir tomoni, Singapurda meditsina rivojlangani uçun davolaniş juda qimmat. Şu tomondan ham bu yerda kasal bölib qoliş talabalarning oilalariga kattagina yuk böladi.
Barnoxon Samadova:
– Yana bir narsani aytib ötişim kerak. Talabalarning hammasi judayam katta yotoqxonada turişadi. U yerda bulardan taşqari boşqa davlatlardan kelgan talabalar ham birga yaşaşadi. Agar kimdir yotoqxonaga kasallikni olib kirsa, bu butun yotoqxonadagi farzandlarimiz zararlanadi, degani. Xudo saqlasin, hammasi bitta binoda, bitta joyda yaşaşadi. Keyin ular oziq-ovqat bilan ta'minlanmaydi. Ularning özlari bozorga çiqib, olib kelib, pişirişlari kerak böladi. Bu ham zararlaniş uçun yana bir sabab. Şuning uçun ularni tezroq qaytariş kerak.
Keyin bular qandaydir firma orqali ketgan emas. Birinçi marta çet elga çiqişi. Heç biri çet elda yolğiz yaşab körgan emas. Buni ularning közlaridan ham körsangiz böladi. Psixologik tomondan ta'sirlanib qolişgan. Şularni ham inobatga olişsa. Agar özim öşa yerda bölganimda, bunçalik söramagan bölardim. Çunki yoşim katta. Holatni tuşunaman.
Bular esa hali bola. Qaytişi kerak. Oziq-ovqat muammosi bor. Deyarli hammasining qölida bileti bor. Kun ötgan sari bularning zararlaniş xavfi oşgani yomon.
Mirşohid Hoşimov:
– Singapur davlatiga oylik şartnoma aosida öqiş uçun kelganmiz. Şuning uçun öqişimiz tugagandan keyin vatanga qaytişimiz kerak, deb öylayman.
Biz bu yerda ikkinçi kursda öqiymiz. Bizdan bir kurs pastda öqiydigan talabalarning öqişi aprel oyida tugagan. Ular bir yarim oydan beri uydan çiqmasdan ötirişibdi. Heç qanday yangilik yöq. Bizning öqişimiz ham 15 mayda tugaşi kerak edi. Bu ham onlayn tarzda böladigan böldi.
Hilola Abdullayeva:
– Pezidentimizdan, hukumatimizdan judayam iltimos qilgan böladim. Farzandlarimizni olib kelişda imkon darajasida ota-onalarni qöllab-quvvatlaşlarini judayam xohlardim. Haqiqatan ham farzandlarimiz qiynalib qolişyapti.
Qizim qölidagi biletni 22 aprel sanasiga almaştirgan edi. Har hafta 200 dollar farzandlarimizning oziq-ovqatlari uçun yuborişimizga töğri kelyapti. Hozirda dollar kursining keskin oşgani ham bizga ta'sir qilyapti. Hukumatimizdan iltimos qilib qolgan bölardik, bolalarimizni qaytarişda yordamlarini ayaşmasa.
Zebo Xudoyberdiyeva:
– Farzandlarimizni zamonaviy bilimlarga ega böladigan, keyinçalik kelib Özbekistonning kelajagi uçun yetakçi mutaxassislar bölib yetişadi, degan maqsadda Singapur institutiga yuborgan edik. Hammasining qöliga biletlarni olib berib, yotoqxonasining pullarini tölab, jönatgan edik. Lekin öşa paytda bunaqa pandemiya bölişi heç kimning xayoliga ham kelmagandi.
– Özi farzandimni çet elga yuborişga judayam qarşi edim. Öşa yerda rizqi qöşilgan ekan, nasib qilib, boradigan bölib qoldi. Musofirçilikda qiyinçilik bölmasdan iloji yöq. Har kuni farzandim bilan gaplaşsam, “Bolam, sabr qil. Musofir bölmagunça, musulmon bölmaysan. Sabr qil”, deb aytaman.
Heç kim bilmagandi bunday bölişini. Farzandim öşa payt oyoğini qayirib olib yurolmay qoldi. Haqiqatan meditsinasi qimmat. Bitta rengen uçun 100 dollar sarfladi.
Farzadlarimiz eson-omon qaytib kelişsa bölgani. Singapurdagi konsulga, konsullikdagi xodimlarga aloqaga çiqdim. Taşqi işlar vazirligiga xat yozdim. “Körib çiqamiz, u yerdagi konsullikdan bizga xat kelişi kerak”, deyişdi. Ularga telefon qilsam, “Ular xat çiqardik, röyxatlarni şakllantirdik. Qölimizdan kelgan barça işni qilyapmiz”, deb aytişdi. Mayli, baraka topişsin, ular ham qöllaridan kelgan hamma işni qilişyapti. Farzandlarimizning qaytişigina muammo bölib turibdi.
Prezidentimizga ham oson tutmayman. Sirdaryoda, Buxoroda qança talafotlar böldi. Şu qatorda bizlarning ham farzandimizni kelişiga ham yordam bersa, judayam yaxşi bölardi.
Durdona Yunusova:
– Bir haftaning özida kamida 200 dollar ketadi yeb-içişning öziga. Xudo körsatmasin, birortasi kasal bölib qoladigan bölsa, heç kim qaramaydi ularga.
Ularning yotoqxonasida hindlar ham, xitoyliklar ham yaşaydi. Hamma davlatdan kelganlar bitta joyda. Bir-biri bilan muloqat qilişadi. Har kuni duo qilib ötiribmiz, kasal bölmasinlar, deb. Tomoğimizdan ovqat ham ötmaydi. Iltimos sizlardan. Birinçilardan bölib charter reys qilib olib kelişga yordam beringlar.
Barnoxon Samadova:
– Hammasi 18-19 yoş atrofidagi bolalar. Ularni qaytarib olib kelişda yordam körsatişlaringizni söraymiz. Davlat tomonidan yordam kerak. Farzandlarimiz uçun charter reys taşkillaştirib berişsa.