Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasi rahbari o‘rinbosari Tszi Bin ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishi Xitoy hukumatiga jiddiy muammo bo‘lgan va mamlakat sog‘liqni saqlash hamda favqulodda vaziyatlarga javob berishdagi tizimida kamchiliklar borligini ayon qildi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, Xitoy o‘z sog‘liqni saqlash tizimidagi zaif joylarni bartaraf etish uchun sohani isloh qiladi.


















