Tahririyatimizga Rossiyaning Moskva va Tomsk şaharlarida öqiyotgan özbekistonlik talabalar murojaat qilişdi. Ular bilan onlayn suhbatimizda yaşab turgan hududlaridagi vaziyat, qanday hayot keçirişayotgani va vatanga qaytiş istaklari haqida söz bordi.
Abbos Ahmadov – Rossiya milliy texnologik tadqiqotlar universiteti (MISiS) talabasi:
– Universitetlar 15 apreldan yopilgan va masofadan öqiş yölga qöyilgan. Bizga darslar Zoom, Microsoft Teams dasturlari orqali ötilyapti.
50 kundan beri karantindamiz, universitet yotoqxonalarida yaşayapmiz. Taşqariga çiqişga faqat 2 soatga ruxsat berilgan.
Özbekiston elçixonasi tomonidan hayriya taşkillaştirildi. Öşa paytda yiğilgan Moskvadagi talabalar bilan oçgan çatimizda gaplaşib, hol-ahvolimizni bilib, turamiz.
Yotoqxonalarda bittadan qavatlar böşatib qöyilgan. Isitmasi çiqqan talabalarni ana şu qavatdagi xonalarga 14 kunga karantinga joylaştirişgan.
Har xil şaroitli talabalar bor. Kimningdir oilasi pul yubora oladi, kimningdir oilasining imkoni yöq. Talabalar öqişdan keyin ozgina bölsa ham işlab pul qilib yurardi, lekin hozir köçaga çiqişlar taqiqlangan va işlar ham yopilgan. Universitet tomonidan har hafta bizga oziq-ovqat yetkizib beriladi.

Universitetimiz talabalar öz vataniga qaytiş masalasida Özbekiston elçixonasiga xat yubordi. 10 maydan keyin reys böladi, deyişdi; 450 talabani olib ketib, bitta joyga joylaştirişlari aytildi. 10 may ham yaqinlaşib qoldi, lekin heç qanaqa yangilik bölmadi. Keyinroq esa 30 iyungaça heç qanday reyslar bölmaydi, deb aytildi.
Biz talabalar xalqdan, davlatdan olib ketişlarini talab qila olmaymiz, Faqat iltimos tarzida aytmoqçimiz, bizni Özbekistonga qaytişimizda amaliy yordam körsatişsa, yaxşi bölar edi.
Qozoğiston, Qirğizistondan talabalar bor. Ularga davlatlari tomonidan poyezd, avtobuslar uyuştirildi va öz yurtlariga qaytarildi. Tojikiston talabalari ham öz yurtlariga qaytişdi.
Moskvada koll-markazlar taşkillaştirilmagan. Faqat 03 raqamiga telefon qilinadi. Bu yerda özbek talabalarining heç qaysi birida suğurta yöq. Suğurtasiz bizni davlat şifoxonalari qabul qilmaydi. Agar suğurta bölmasa, öz hisobidan davolanadi.
















