Yaqinda Qozoğistonning Olmaota şahridagi xalqaro aeroport 415 million dollarga sotilgani ma’lum bölgandi. Bu xabar özbekistonlik blogerlarning yana aeroportlarni xususiylaştiriş borasida fikr bildirişlariga asos böldi.

Özbekistonlik taniqli iqtisodçi va bloger Behzod Hoşimov telegramdagi kanalida bu borada öz fikrlarini bildirdi: «Olmaota aeroportini 415 million dollarga sotib yuborişibdi (Olmaota aeroporti 1994 yildan buyon xususiy). Sotib oluvçi Turkiyaning TAV Airports Holding kompaniyasi.

Biz ham şu inqiroz paytida barça aeroportlarimizni xususiylaştirib yuborsak yaxşi bölardi. Qarabsanki, inqirozdan keyin Özbekistonda aviatransport ham balki rivojlanar. Şunça yil raqobatsiz bölgan aviatransport uçun raqobatçilar kirib kelsa, iqtisodiyotimizga juda köp foydasi tegar edi. 

Albatta, xususiylaştiriş jarayoni adolatli va şaffof bölişi kerak. Buni ta’minlaş esa unçalik qiyin emas. Xullas, 2020 yilga umidlarimdan biri eng kamida Toşkent aeroporti xususiylaştirilişi. Xususiylaştiriş va «osmon oçilişi» natijasida çipta narxlari tuşişi aniq», deb yakunlagan iqtisodçi postini.

Behzod Hoşimovning fikrlarini qöllab quvvatlagan taniqli huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev ham aeroportlar xususiylaştirilişi haqida ba’zi mulohazalarini bildirdi: «Şu çoqqaça xalq tölagan soliqlar evaziga faoliyat yuritib kelgan aeroportlar va «Uzbekistan Airways» kompaniyasi işonçni oqlayotgani yöq.

Aksinça, ular zarar körmasligi uçun monopolga aylantirib qöyişgan va barça oğirlik xalqning gardaniga tuşmoqda: çiptalar qimmat, xizmatlar sifatsiz, rivojlaniş sust. Davlat budjeti na ular tölaydigan soliqlardan, na ular topgan daromaddan tayinli foyda körayotgani yöq.

Ya’ni, xalq özi tölayotgan soliqlari evaziga kun körayotgan kompaniyalar sababli yana özi qöşimça tölov qilişga, ziyon körişga majbur bölmoqda. Bu öta oddiy hayot haqiqatini anglaş uçun iqtisod fanlari professori böliş şart emas.

Şu sababli iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida tezroq davlat uluşini kamaytiriş va ularni xususiylaştiriş kerak. Har bir sohaga qança tez raqobat kirib kelsa, bundan faqat va faqat xalq yutadi. Xalq yutdi degani davlatga ham foyda degani. Faqat xususiylaştiriş jarayoni oçiq, oşkora va şaffof ötişi kerak», degan Xuşnudbek Xudoyberdiyev öz kanalidagi