7 may kuni jahon futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu Instagramdagi sahifasida farzandlari bilan tuşgan surat joyladi. Futbolçi suratni «Eng katta muhabbat» deb nomladi.

Bir qaraşda bu oddiy surat edi, ammo undagi bir detal Ronalduning özbekistonlik muxlislari e'tiborini tortgan bölişi aniq. «Yuventus» superyulduzi UMMA.UZ yozuvli futbolkada edi.

Özbekiston MMA assotsiatsiyasi uning bu suratini ilova qilgan holda Instagram sahifasida şunday post qoldirdi: «Kriştianu Ronaldu UMMAA.uz futbolkasida. Har doimgidek u töğri tanlov qildi».

Bu esa Özbekiston aralaş jang san'ati assotsiatsiyasiga tegişli brend va tabiiyki Ronalduning Özbekiston MMA ittifoqi bilan qanday aloqasi bölişi mumkin degan savol paydo böldi. Şuningdek, bu katta pul tölangan reklama ekani haqida taxminlar bildirildi. Çunki odatda jahon yulduzlari biror brendning kiyimlarini reklama şartnomasi asosida kiyişadi.

Bu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Özbekiston aralaş jang san'ati assotsiatsiyasi bilan boğlandik. Taşkilot birinçi vitse-prezidenti Şerzod Toşmatov Kun.uz muxbiriga quyidagilarni ma'lum qildi.

«Tabiiyki Ronaldu bizning futbolkamizni kiyişi uçun pul tölamaganmiz. Birinçidan, bizda bunaqa katta pul yöq, bundan taşqari, hozir oldimizda bundan muhimroq işlar turibdi.

Biz hali yangi taşkilotmiz, şu sabab mahalliy miqiyosda rivojlaniş haqida öylayotgan bir vaqtda global piar uçun pul ajratişimiz mantiqqa töğri kelmaydi. Biz hali mamlakat doirasidagi musobaqalar ötkaziş va aralaş jang san'atini ommalaştiriş böyiça köproq boş qotiryapmiz.

Albatta, marketing borasida ham harakatlar bölyapti. Ronaldu buyuk sportçi, lekin biz assotsiatsiya brendini rivojlantiriş uçun reklama «yuzini» futbolçilar orasidan qidirmagan bölardik. Suratda Ronaldu bizning eski logotipimiz tuşirilgan futbolkani kiygan. Fevral oyida yangi logotipni e'lon qilgandik va agar Ronalduga pul tölagan bölsak, u yangi logotipdagi libosni kiygan bölardi.

Ronaldu qolgan köplab jahon sporti vakillari qatorida bizning brend çiqargan futbolkani sovğa sifatida qabul qilgan. Biz köplab yulduzlarga sovğa yuborganmiz va ularning heç biriga ularni qandaydir holatda kiyiş majburiyatini qöymaganmiz. Ronaldu bizning futbolkani kiyişga qaror qilibdi va bu juda ajoyib. Suratda logotipimiz töliq körinmagan bölsa-da, buni köriş yoqimli böldi», deydi Şerzod Toşmatov.