Joriy yilning 6 may kuni Q.A. ukasi Q.D. bilan til biriktirib,  tanişi U.M.ga Farğona viloyatining Beşariq tumani Yangihayot köçasida joylaşgan 15 sotix yer maydonini nomiga rasmiylaştirib berişni va'da qilgan.

Farğona viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, ular U.M.dan 1100 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritib, pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.

Mazkur holat yuzasidan Beşariq tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bölişini esdan çiqarmang. Yuqorida körsatilgan jinoyatni sodir etgan şaxs beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin”, - deyiladi xabarda.