Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni, Kuvayt va BAA neft qazib olishni yanada kamaytiradigan bo‘ldi
OPeK+ davlatlari 12 apreldagi tezkor videoanjumanda neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv may-iyunda neft qazib olish hajmini kuniga 9,7 mln, iyul-dekabrda 7,7 mln, 2021 yil yanvar-2022 yil aprelda 8,8 mln barrelga qisqartirishni ko‘zda tutadi.
Fors ko‘rfazining birdaniga uchta davlati iyunda neft qazib olishni OPeK+ kvotasidan tashqari yanada qisqartirishini e'lon qildi. Gap Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari haqida bormoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Saudiya hukumati iyundan neft qazib olishni sutkasiga qo‘shimcha 1 mln barrelga qisqartirishga qaror qildi. Shu tarzda iyunda ushbu mamlakatda neft ishlab chiqarish sutkasiga 8,5 mln barrel o‘rniga 7,5 mln barrelni tashkil etadi.
Ar-Riyod ortidan Kuvayt hukumati ham iyunda neft qazib olish hajmini kamaytirishini e'lon qildi. Quvayt neft qazib olishni OPeK+ kelishuvidagi majburiyatiga qo‘shimcha ravishda sutkasiga 80 ming barrelga qisqartiradi.
Shuningdek, BAA ham iyunda neft qazib olishni qisqartiradigan bo‘ldi. Amirliklar neft ishlab chiqarishni sutkasiga 100 ming barrelga kamaytiradi.
OPeK+ davlatlari 12 apreldagi tezkor videoanjumanda neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv may-iyunda neft qazib olish hajmini kuniga 9,7 mln, iyul-dekabrda 7,7 mln, 2021 yil yanvar-2022 yil aprelda 8,8 mln barrelga qisqartirishni ko‘zda tutadi.
Kelishuvga ko‘ra, neft bozoridagi eng yirik ishtirokchilar - Saudiya Arabistoni va Rossiya neft qazib olish hajmini 2,5 mln barreldan, boshqa ishtirokchilar esa 2018 yil oktyabrdagi darajada qisqartiradi.
20 aprelda jahon birjalarida neft narxining pastlab ketishi xomashyo bozorini ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni Karib dengizi havzasi hamda Shimoliy Amerikada qazib olinadigan WTI navidagi neftning 1 barreli mutlaqo kutilmagan holda -40 dollargacha tushib ketdi.
22 aprelga kelib narxlar biroz «o‘ziga keldi». WTI navli neftning bir barreli 11,47 dollarga ko‘tarildi, Brent navli neftning 1 barreli 16 dollarga arzonlashdi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026