Ammo, ayrim şaxslar borki. özlarining şaxsiy tomorqalarida qonun bilan taqiqlangan “zahri qotil” – giyohvand ösimliklarni yetiştirayotganiga nima deysiz?

Joriy yilning 6 may kuni Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Sariosiyo” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan özaro hamkorlikda Uzun tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda ana şunday holat foş böldi.  

Uzun tumanida yaşovçi fuqaro Ç.D. ning yaşaş xonadoni va tomorqasi belgilangan tartibda va xolislar iştirokida közdan keçirilganda, tomorqadagi anor daraxti ostida östirib parvarişlanayotgan 187 tup köknor giyohvandlik ösimligi borligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida vaqtinça saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.