Samarqandda giyohvand moddalar va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari savdosi bilan şuğullanganlar qölga olindi.

DXX Samarqand viloyati boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir çoğida Payariq tumani Oqtoş mahallasida yaşovçi, 1969 yilda tuğilgan O.Ş. özining yaşaş xonadonida noqonuniy ravişda narkotik moddalarni saqlab, şu tumandagi jinoiy şeriklariga sotib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan O.Ş.ning uyida va yordamçi xöjaliklarida ötkazilgan tintuv davomida 58 gramm köknori giyohvandlik moddasi topilgan. Fuqaro bu moddani kelgusida sotiş va özining iste’moli uçun saqlab kelayotgani ma’lum bölgan. 

Kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari oldi-sotdisi bilan boğliq holat Samarqand şahrida aniqlandi. Ma’lum bölişiça, Samarqand şahrida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan A.M. va turmuş örtoği, 1982 yilda tuğilgan M.X. «Reduksin» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini yaşirin ravişda saqlab, uni uşbu dori vositalari iste’moliga qaram bölgan şaxslarga sotib kelgan.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan Samarqand şahri Universitet xiyobonida ötkazilgan faol tadbirda M.X. mahalliy fuqaroga 5 quti «Reduksin» dori vositasini 950 ming sömga sotayotgan vaqtda qölga olingan.

Şundan söng M.X.ga tegişli bölgan savdo dökoni közdan keçirilganda kelgusida sotiş maqsadida saqlab kelinayotgan jami 5688 dona «Reduksin layt», «Lipotrim», «Spirulina», «Fit 90», «Seksualnaya figura», «Lişou», «B-Fit» singari 14 nomdagi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlaştirib olingan.

Hozir ikkala holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatiş rejalaştirilmoqda.