Joriy yilning 12 may kuni soat 19:00larda Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Qalandörman qişloği hududidan ötgan içki 4K-928 avtomobil yölining 3-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1998 y.t. A.S. “Matiz” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oşirgan holda boşqarayotib, yöl çetida harakatlanib ketayotgan 2008 y.t. Z.O‘.ning qölidan çiqib ketib, yölga yugurib çiqqan piyoda, 2016 y.t. M.J.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda, voyaga yetmagan 4 yoşli M.J. olgan tan jarohatlari oğirligi sababli şifoxonada vafot etgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Yangibozor tumani IIB TG tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovçilar, aholi yaşaş joylarida transport vositasi tezligini me'yoridan oşirmasligingizni, piyoda va velosipedçilarga e'tiborli bölişingizni, piyodalar esa belgilanmagan joylarda harakatlanmasligingizni sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.