13 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda karantin talablarini huşyorlikni oşirgan holda yanada yumşatiş, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqiçma-bosqiç işlatiş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamda hududlar rahbarlarining takliflaridan kelib çiqib, karantin talablarini yanada yumşatiş masalalari muhokama qilindi. Xususan, «yaşil» va «sariq» hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy amal qilgan holda xizmat körsatiş turlariga bosqiçma-bosqiç ruxsat beriş mumkinligi belgilandi.

Respublika komissiyasiga pandemiya qayta kuçaygan taqdirda vazirlik va idoralar bajarişi lozim bölgan birlamçi vazifalar belgilangan tartibni tasdiqlaş topşiriği berildi.

Olis hududlarning poytaxt bilan transport aloqasini tiklaş juda dolzarb masala bölib turgani qayd etildi. Şu bois Toşkent şahridan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga aviaqatnovlarni tiklaş, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farğona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, şaharlar içida şaxsiy avtomobillar harakati böyiça çeklovlarni bekor qiliş masalasi örganilmoqda. Transport, Içki işlar va Soğliqni saqlaş vazirliklariga bular böyiça Respublika komissiyasiga taklif kiritiş vazifasi qöyildi.