Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvali keltirildi.
Bugun eng köp yangi holatlar Toşkent şahrida qayd etilgan - 22 kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Şuningdek, Samarqand (+5), Navoiy (+2), Sirdaryo (+2), Andijon (+1) va Namanganda (+1) yangi holatlar qayd etilgan.
Uçta hududda jami 60 bemor tuzalib çiqqan - Farğona (-1), Samarqand (-26) va Toşkent (-33). Farğonada endi bitta ham kasal qolmadi va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi.
Ayni vaqtga kelib Özbekistonda koronavirus bemorlarining 80 foiz qismi (2136 kişi) tuzalgan. Hududlar kesimida olinsa, bu borada eng yaxşi körsatkiçlar Buxoro (98 foiz) va Andijon (95 foiz) viloyatlari eng yuqori soğayiş körsatkiçlarini qayd etmoqda. Lekin Andijonda sönggi kunlarda yangi kasallaniş holatlari qayd etilmoqda.
Xorazmda 7 maydan buyon, Buxoroda esa 9 maydan buyon yangi holatlar qayd etilmagan, Xorazmda şifoxonada qolayotgan bemorlar soni köproq (23 nafar), Buxoroda esa 7 bemor qolgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 2645taga yetgan, şundan 2136 kişi soğaygan, 11 kişi vafot etgan, ayni vaqtda davolanayotgan 498 nafar bemordan 11 nafari oğir ahvolda qolmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi yangi holatlar xorijdan kelib, karantinga olinganlar orasida aniqlanayotganini ma'lum qilgan, lekin bugun Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi «Uluğbek» mahallasida koronavirusga çalinganlar soni ortgani sababli karantin çoralari kuçaytirildi.

















