Amazon asosçisi Jyeff Bezos boyligi 1 trln dollardan oşgan ilk insonga aylanişi mumkin. Bu haqda Comparisun maslahatlar servisi tadqiqotida aytilmoqda.
Kompaniya ekspertlarining fikriça, Bezosga xotini bilan ajraşgani uçun 38 mlrd dollar yöqotgani ham, koronavirus pandemiyasi ham xalaqit bermaydi. Uning kapitali qiymati keyingi beş yilda yiliga örtaça 34 foizdan ösdi. Mana şu ketişda Bezos 2026 yilga kelib dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkin, deb hisoblamoqda tahlilçilar.
Forbes ma'lumotiga köra, Bezosning boyligi bugungi kunda 143,9 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Boyligi trillion dollarga yetişi mumkin bölganlar orasida Amazon asosçisidan keyin xitoylik developer Syuy Tszyain turibdi. Comparisun tahlilçilarining fikriça, u Bezosdan bir yil keyin trillionerga aylanadi. Alibaba Group asosçisi Jyek Maning boyligi 2030 yilda bir trillion dollarga yetadi.
Tadqiqotda Facebook asosçisi Mark Tsukerberg 2036 yilda tarixdagi eng yoş trillionerga aylanişi mumkinligi aytilgan.

















