The Verge naşrining xabar berişiça, Trampning farmonida qaysi kompaniyalar bilan hamkorlik qiliş taqiqlanişi körsatilmagan, biroq gap birinçi navbatda Xitoyning sanksiyalar ostiga tuşgan ZTE va Huawei kompaniyalari haqida bormoqda. Jumladan, uşbu kompaniyalar AQŞda öz qurilmalarini sota olmaydi va AQŞ kompaniyalari bilan iş olib borolmaydi.  

2019 yil mayida AQŞ savdo vazirligi Huawei’ni va u bilan boğliq 70 ta kompaniyani AQŞ hukumati ruxsatisiz AQŞ kompaniyalaridan qurilma va texnologiyalar olişi taqiqlangan kompaniyalar röyxatiga kiritgan. Şu sababli Huawei bilan Google, Qualcomm, Intel, Broadcom va Xilinx kabi kompaniyalar hamkorlik qilişni töxtatgandi.

Bir neça kundan keyin AQŞ savdo vazirligi Huawei’ga 3 oylik vaqtinçalik litsenziya bergan. Bu litsenziya Xitoy kompaniyasiga AQŞ işlab çiqaruvçilaridan qurilma sotib oliş, smartfonlaridagi dasturlarni yangilaş va öz telekommunikatsiya qurilmalari işlaşini ta'minlaş imkonini bergan. AQŞ hukumati şu kungaça uşbu litsenziyaning amal qilişini uzaytirib kelgan, biroq litsenziyaning muddati 15 may kuni tugaydi va uning navbatdagi uzaytirilişi haqida hozirça heç narsa ma'lum emas.