Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan tartib haqida Transport vazirligi Axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

O‘rnatilgan tartibga muvofiq:

  • Avia va temir yo‘l reyslariga chiqish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar koronavirus infeksiyasiga test topshirishi lozim.
  • Bunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan ko‘p bo‘lmagan va tahlil natijasi manfiy ekani haqidagi ma'lumotnomaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar reyslarga qo‘yiladi.
  • Barcha yo‘lovchilar aeroport va temir yo‘l vokzallari hududiga kirishdan oldin tana harorati o‘lchanadi.
  • Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lmagan yo‘lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi hamda havo va temir yo‘l transportlariga bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarda kiritiladi.
  • Tana harorati 37 S dan yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarga avia va temir yo‘l xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Bunday holatlarda yo‘lovchiga chipta puli belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
  • Yo‘lovchilar aeroport va temir yo‘l vokzallarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo‘naltiruvchi maxsus tasmalar bo‘ylab harakatlanishlari shart.
  • Aeroport va temir yo‘l vokzallarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarining faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘lovchilar savdo avtomatlaridan foydalanishlari mumkin.
  • Yo‘lovchilar havo kemalariga va temir yo‘l vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtiriladi.
  • Avia va temir yo‘l qatnovlariga elektron chiptalar onlayn tarzda sotiladi.

Qatnov vaqtida:

  • yo‘lovchilar qatnov vaqtida samolyot salonida va vagonlar bo‘ylab harakatlanishi taqiqlanadi (hojatxonadan foydalanish holatlari bundan mustasno);
  • parvoz vaqtida yo‘lovchilarga faqatgina 250 ml hajmdagi qadoqlangan ichimlik suvlari beriladi — oziq-ovqat mahsulotlari, turli xil jurnal va gazetalar tarqatilmaydi (avariya holatidagi harakat yo‘riqnomasi bundan mustasno);
  • poyezd vagonlarida yo‘lovchilarga berilgan bir martalik himoya niqoblari va qo‘lqoplarini yechishga ruxsat berilmaydi (yo‘lovchilarning suv ichish holatlari bundan mustasno);
  • vagonlarning hojatxona hamda tamburlarida yo‘lovchilarning to‘planishlariga yo‘l qo‘yilmaydi;