Mazkur tartibga binoan, temir yöllarda Toşkent şahridan Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi hamda Farğona vodiysiga temir yöl qatnovi (boriş va qaytiş) qayta yölga qöyiladi.

Temir yöl qatnovlarini taşkil etişda barça karantin qoidalariga amal qiliş, şu jumladan, yölovçilar sonini kamaytiriş, dezinfeksiya qiliş va boşqa sanitariya talablari sözsiz bajarilişi talab etiladi.

Şuningdek, poyezdlarga çiqayotgan yölovçilar uçun muhim şartlaridan biri – Sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi markazi tomonidan koronavirus infeksiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan köp bölmagan va tahlil natijasi «manfiy» ekanligi haqidagi ma'lumotnomaga ega bölişlari kerak. Temir yöl vokzallari hududiga hamda temir yöl transportiga kirganda, barça yölovçilar bir martalik tibbiy himoya niqoblari va qölqoplarda bölişlari, temir yöl vokzallarida ijtimoiy masofani saqlaşlari hamda yönaltiruvçi maxsus tasmalar böylab harakatlanişlari şart. Yölovçilar poyezd vagonlariga ijtimoiy masofani saqlagan holda joylaştiriladi.

Poyezdlarga elektron çiptalar onlayn tarzda sotiladi. Elektron çipta oliş imkoniyati bölmagan yölovçilar, örnatilgan tartibda dezinfeksiya işlari amalga oşirilgandan temir yöl vokzal kassalaridan çipta rasmiylaştirişlari mumkin. Çipta olgan yölovçilar tomonidan yölovçilar sörovnomasi (marşrut varaği) töldiriladi.

2020 yil 18 may kuni soat 07:00 dan Toşkent – Navoiy – Buxoro yönalişida №762-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd «Toşkent-Markaziy» temir yöl vokzalidan jönab, öşa kuni soat 16:28 dan Buxoro – Navoiy – Toşkent yönalişida №761-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd Toşkentga qaytadi.

2020 yil 18 may kuni soat 08:00 dan Toşkent – Qarşi yönalişida №760-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd «Toşkent-Markaziy» temir yöl vokzalidan jönab jönaydi va öşa kuni soat 17:58 dan Qarşi – Toşkent yönalişida №759-sonli «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezd Toşkentga qaytadi.

2020 yil 18 may kuni soat 08:05 dan «Toşkent-Janubiy» vokzalidan Toşkent – Andijon yönalişida №60-sonli poyezd jönaydi va öşa kuni soat 15:33 dan Andijon – Toşkent yönalişida №59-sonli tezyurar yölovçi poyezd Toşkentga kirib keladi, deb xabar bermoqda «Öztemiryölyölovçi» AJ.