Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘z joniga qasd qilgan bog‘cha mudirasi vafot etdi
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 11-maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi, 4 may kuni yashash xonadonida o‘zini osgan Gulchehraxon Xo‘jaqulova olamdan o‘tdi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Gulchehra Xo‘jaqulova og‘ir holatda Baliqchi tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgandi. Ammo uni hushiga keltirishga urinishlar foyda bermagan va 17 may kuni uning joni uzilgan.
Uning o‘z joniga qasd qilishiga bog‘chada o‘tgan yili olib borilgan qurilish ishlarining qabul qilishdagi muammolar ta'sir qilgani taxmin qilinmoqda.
Ushbu suiqasd holati Baliqchi tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
Bundan avvalroq Kun.uz sayti muxbirlari ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, saytda «Andijon viloyatida ishini yo‘qotgan bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Uning xodimlari va rahbarlari nima deydi?» sarlavhali material e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
19:54 / 21.01.2026
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka chiqdi
14:02 / 20.01.2026
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan mayning qurilmalari topildi
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025