Dastlab, bölinma şaxsiy tarkibi harbiy texnikada notaniş bölgan toğli hududga olib kelindi. Birinçi galda harbiy xizmatçilar tomonidan özlari turgan joy va şartli duşman obektigaça bölgan masofa va yönaliş aniqlab olindi. Suvli tösiqdan ötiş vaqtida bölinma uçta kiçik guruhga bölinib, harakatlandi. Şovqinsiz, imo-işoralar va şartli signallar orqali hamda talofatsiz belgilangan vaqtda marraga yetib borgan şaxsiy tarkib ikkinçi bosqiç maşğulotiga jalb qilindi.
Muntazam tayyorgarlikka ega harbiylar sun'iy jihozlangan duşman obektida harakatlanib, qurolli bosqinçilar bilan yaqin masofada jang olib bordi.
Oldindagi asosiy vazifa begunoh asirlarni qutqariş va tösatdan paydo bölgan xavfning oldini oliş böldi.
Maxsus maşqlarni bajariş davomida köp yillik xizmat tajribasiga ega bölgan ofitser va serjantlar rahbarlik qildi.


























