Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Muborak Ramazon hayitini nişonlaş arafasida xalqimizga xos mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida «Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uçun jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat'iy ötgan 258 nafar fuqaro afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 16 nafari asosiy jazodan ozod etiladi, 101 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilinadi, 24 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştiriladi. Şuningdek, 117 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 7 nafari 60 yoşdan oşgan erkaklar, 1 nafari ayol, 7 nafari çet davlat fuqarolari, 164 nafari taqiqlangan taşkilotlar iştirokçilaridir.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça mas'ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berilgan.

















