Navoiyda bugun hozirça 15 kişida virus aniqlandi, sönggi uç kunda jami 37 kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, viloyatda qayd etilayotgan holatlar xorijdan kelganlar bilan boğliq emas, kasallar xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida emas, aholi orasida aniqlanmoqda.

Hozirda bemorlar bilan muloqotda bölgan barça fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.

Ma'lum qilinişiça, Zarafşon şahri kasallik öçoği bölib turibdi. 

Soğliqni saqlaş vazirligi Navoiy viloyatida aholi orasida koronavirusga çalinişlar soni ortayotganiga e'tibor qaratib, aholini karantin tadbirlari birmunça yumşatilganidan töğri xulosa çiqarib, hamişa huşyor bölişga çaqirdi.

«Ayni paytda Navoiy viloyatida 66 nafar koronavirusga çalingan bemorlar qayd etilib, ularning barçasi uşbu hududda kasallikka çalingan, ularning orasida xorijdan kelganlar yöq. Şundan 2 nafari soğaygan bölsa, qolgan 64 nafari davolanmoqda. Navoiy viloyati bor yöği 3 foiz soğayiş körsatkiçi bilan kasallikdan davolaniş böyiça mamlakatimizda eng sönggi örinda bormoqda. Vaholanki, yurtimizda soğayiş körsatkiçi 81 foizdan oşgan.

Karantin qoidalariga qat'iy rioya etilmaganligi oqibatida viloyatda sönggi ikki haftada kasallikka çalinganlar soni keskin oşdi. Misol uçun, 20 may kuni 17 nafar, 21 may kuni 5 nafar qayd etilgan bölsa, bugun soat 10:00 holatiga yana 15 nafar fuqaroda kasallik tasdiqlanib, viloyatda sönggi uç kunda virus yuqtirganlar 37 nafarga köpaydi. Kasallik tarqalişining asosiy öçoği Zarafşon şahri bölib turibdi.

Şundan kelib çiqqan holda, Navoiy viloyati, şuningdek, boşqa koronavirus infeksiyasiga çalinganlar aniqlanayotgan boşqa hududlarda karantin qoidalarini kuçaytiriş, Milliy gvardiya, Mudofaa va Içki işlar vazirligi xodimlari hamda mahalliy hokimlik vakillari bilan birgalikda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş, bemorlarni samarali davolaş hamda karantindagi fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olişni yanada samarali yölga qöyiş borasida izçil faoliyat olib borilmoqda», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.