15 maydan boşlab quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi: 

«Qizil» toifadagi hududlarda:

  • yakka tartibdagi hunarmandçilik;
  • avtomobillarga va qişloq xöjalik maşinalariga texnik xizmat körsatiş; 
  • elektron qurilmalarni (kompyuter va maişiy texnika vositalari) va aloqa vositalarini ta'mirlaş; 
  • ijara va lizing xizmatlari; 
  • buxgalteriya sohasiga oid xizmatlar (auditorlik, soliq maslahati va boşqalar) körsatiş.

«Sariq» toifadagi hududlarda «qizil» toifadagi hududlarga qöşimça ravişda:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati;
  • xususiy bandlik agentliklari faoliyati;
  • mehmonxonalarga öz oşxonalarida ovqat pişiriş hamda xonalarga yetkazib beriş;
  • park va istirohat boğlari (attraksionlar, köngiloçar obektlar hamda tezkor ovqat tayyorlaş nuqtalari faoliyati bundan mustasno) faoliyati. Bunda park va istirohat boğlariga kiriş karantin talablariga qat'iy rioya qilgan holda soat 09-00dan 20-00ga qadar 2 nafar şaxsdan köp bölmagan guruhlarda (oilaviy guruhlar bundan mustasno) amalga oşiriladi.

Toşkentda ham kun davomida stikersiz harakatlanişga ruxsat berildi

«Yaşil» toifadagi hududlarda «sariq» va «qizil» toifadagi hududlarga qöşimça ravişda:

  • oçiq sun'iy qoplamali sport öyingohlari (taşrif buyuruvçilar sonini çeklaş şarti bilan, yeçiniş va yuviniş xonalaridan foydalanmagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • kompyuter (skaner, nusxa köçiriş, matn teriş, çop etiş) va poligrafiya xizmatlari;
  • muzeylar faoliyati (taşrif buyuruvçilar sonini çeklagan hamda oraliq masofani saqlagan holda);
  • veterinariya xizmatlari;