Bu haqda Yaponiya va Janubiy Koreya OAVlari xabar qildi.

Ma'lum qilinişiça, Kim Çen In 1 may kuni zavod oçilişida iştirok etgaç, poytaxt Pxenyanga qaytmagan. Biroq uning sohilböyidagi Vonsan kurortida uşlanib qolgani sabablari ma'lum qilinmagan. 

Jumladan, Şimoliy Koreya yetakçisining Vonsanda qolayotgani haqidagi ma'lumot Janubiy Koreyaning “Çunan Ilbo” naşrida ham berilgan. Naşr Şimoldagi manbalarga tayanib, Kim Çen In Pxenyanni 11 aprelda tark etgani va hanuzgaça Vonsanda qolayotganini ma'lum qilgan. 

“1 may kuni u zavod oçilişida iştirok etgan va şundan keyin hanuzgaça öz faoliyatini Vonsandan olib bormoqda”, deyilgan xabarda. 

Şuningdek, Kim Çen In ovoza qilib bölmaydigan faoliyatni davom ettirmoqda: armiya bölinmalariga taşrif buyurmoqda hamda raketa va boşqa strategik qurollar işlab çiqilişi ortidan kuzatmoqda.

22 may kuni Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi Şimoliy Koreya yetakçisi oxirgi 3 hafta içida yana körinmay qolganini ma'lum qilgan. Janubiy Koreyaning birlaşiş böyiça vaziri Yo Sang-Ki rasmiy Seul qöşni davlatdagi vaziyat ortidan sinçkovlik bilan kuzatayotganini aytib ötgan.

Aprel örtalarida Kim Çen In bobosi, Şimoliy Koreya asosçisi Kim Ir Senning tavallud ayyomi nişonlanişini ötkazib yuborgandi. Şundan keyin u jarrohlik operatsiyasi ötkazgaç oğir ahvolda ekanligi yoki hattoki ölgan bölişi mumkinligi haqidagi gaplar tarqalgan. Biroq 2 may kuni Koreya markaziy telegraf agentligi Kim Çen Inning Sunçxondagi zavod oçilişi marosimidan suratlarini e'lon qilgan va miş-mişlarga qisman barham bergandi.