Koronavirus: Braziliya jahon reytingida Rossiyadan o‘tib ketdi
Braziliyada koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon 347 398 kishi virusdan zararlangan. Endilikda bu mamlakat jahon reytingida kasallanish holatlari soni bo‘yicha Rossiyadan o‘tib ketib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, Braziliyada so‘nggi bir kunda yana 965 kishi koronavirusdan vafot etgan va virus qurbonlari soni 22 013 nafarga yetgan.
Bu borada birinchi o‘rinni AQSh egallab turibdi (1 622 670ta zararlanish holati, shundan 97 087 o‘lim).
JSST 23 may kuni koronavirus tarqalishi o‘chog‘i Yevropadan Janubiy Amerikaga ko‘chganini ma'lum qilgandi.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, butun dunyoning 200dan ortiq mamlakatida virusga chalinish holatlari soni 5 mln 311 mingdan oshgan (so‘nggi bir kunda 97 mingdan ortiq kishi zararlangan), shu vaqtgacha 2,1 milliondan ortiq bemor tuzalgan. So‘nggi bir kunda yana 3880 kishi virus tufayli vafot etgan va jami qurbonlar soni 342 105 kishiga yetgan.
Dunyo mamlakatlari statistikasiga asoslangan Worldometer portali ma'lumotiga ko‘ra esa, virusdan zararlanish holatlari soni 5 mln 407 mingdan, o‘lim holatlari soni 344 mingdan, sog‘ayganlar soni 2,24 milliondan oshgan.
So‘nggi bir kunda AQShda 100 mingdan ortiq holat qayd etilgan - (1,6 mln holat, 97 mingdan ortiq o‘lim.
Keyingi o‘rinlarda Braziliya - (347 mingdan oshiq holat, 22 mingdan oshiq o‘lim), Buyuk Britaniya - (258,5 mingdan oshiq holat, 36,7 mingdan oshiq o‘lim), Ispaniya (235 mingdan oshiq holat, 28,6 mingdan oshiq o‘lim), Italiya (229 mingdan oshiq holat, 32,6 mingdan oshiq o‘lim), Fransiya (182 mingdan oshiq holat, 28,2 mingdan oshiq o‘lim), Germaniya (179,9 mingdan oshiq holat, 8 261 o‘lim), Turkiya (155,6 mingdan oshiq holat, 4 308 o‘lim), Eron (133,5 mingdan oshiq holat, 7 359 o‘lim), Hindiston (131,4 mingdan oshiq holat, 3 869 o‘lim) va Peru (115, 7 mingdan oshiq holat, 3 373 o‘lim) joylashgan.
Worldometer ma'lumotiga ko‘ra, dunyoda har 1 mln kishi 44,1 o‘lim to‘g‘ri kelmoqda, bu bo‘yicha ko‘rsatkich bir kun oldin 43,6ta edi. AQShda har million kishiga 298 o‘lim, Ispaniyada - 613, Buyuk Britaniyada - 541, Italiyada - 541, Braziliyada - 104, Fransiyada - 434, Germaniyada - 100, Turkiyada - 51, Eronda - 88, Hindistonda - 3, Peruda - 102 nafarni tashkil etmoqda.
Rossiyada Moskva vaqti bilan soat 08:00 holatiga ko‘ra har million aholiga 23 o‘lim qayd etilmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq jami 335 882 holat tasdiqlangan, bemorlarning 3 388 nafari vafot etgan, 107 936 kishi sog‘aygan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
Mavzuga oid

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

19:37 / 01.05.2025
Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

22:57 / 26.03.2025