Makinani matbuot anjumanda jurnalistlarga Tramp koronavirusga qarşi sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida öz maoşidan AQŞ soğliqni saqlaş vazirligi va ijtimoiy xizmatlarga 100 ming dollar ötkazib bergani haqida bank ma'lumotnomasini körsatgan.    

Ma'lumotnoma surati kattalaştirilganda unda Oq uy rahbarining bank hisobraqami va maxfiy ma'lumotlar hisoblanuvçi boşqa moliyaviy ma'lumotlar köringan. Oq uy ma'muriyati vakilining ta'kidlaşiça, brifingda soxta çeklardan foydalanilmagan.

Şu bilan birga, The Guardian naşrining ta'kidlaşiça, bunday ma'lumotlarga ega böliş bank hisobraqami buzib kirilişi yoki boşqa şaxslar tomonidan qöllanişi xavfini yuzaga keltiradi.   

Notr-Dam universitetining axborot texnologiyalari professori Mayk Çapplning ta'kidlaşiça, bu holat banklar mijozlari ehtiyotkor bölib, öz hisobraqamlarini daxlsiz saqlaşlari kerakligini körsatadi. 

Boşqa tomondan, moliyaviy tahlilçilarning ta'kidlaşiça, uşbu pul ötkazmasini amalga oşirgan bank prezident haqidagi ma'lumotlarni himoyalaş uçun katta ehtimollik bilan ehtiyot çoralarini körgan bölişi kerak. 

2016 yil Tramp öz saylovoldi kampaniyasida prezident bölsa, öz maoşidan ijtimoiy ehtiyojlarga 400 ming dollar xayriya qilişga va'da bergan.