2020 yilning 24 may kuni soat 18:00da haydovçi 39 yoşli K.T. boşqaruvida bölgan Matiz rusumli avtomaşinasini Samarqand viloyati Iştixon tumani “Azamat” mahallasi Nurobod qişloği hududidan ötuvçi yölda boşqarib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u boşqaruvni yöqotişi oqibatida, harakat yönalişi böyiça yölning çap tomon çekkasida joylaşgan Xatirçi kanalining kiçik irmoğiga tuşib ketib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. 

Natijada, avtomaşinada bölgan yölovçi 39 yoşli M.U. tan jarohati olib, Xatirçi kanalining kiçik irmoğining suv oqimiga tuşib ketib vafot etganligi aniqlangan. M.U.ning murdasi hodisa joydan suv oqimi böyiça 430 metr uzoqlikda kanalning kiçik irmoğining suv oqimidan topilgan.

Holat yuzasidan Iştixon tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovçilar, transport vositasini boşqarayotgan vaqtingizda huşyor va sergak bölişingizni söraymiz”, - deyiladi ma'lumotda.