Xorazm viloyatida 3 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Endilikda Xorazm ham koronavirusdan xoli hududga aylangan. Bugun tuzalgan 3 nafar bemor viloyatdagi sönggi bemorlar edi, şu vaqtgaça viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barçasi soğaydi.
Vazirlik xabarida uşbu viloyatda hozirça koronavirusga çalingan bemorlar qolmagani qayd etilgan.
Namanganda şifo topganlarning barçasi uşbu viloyatdan (5 nafari Namangan şahri, Uyçi va Namangan tumanlaridan 1 nafardan) bölib, 5 nafari erkak, 2 nafar ayol. Ular orasida yoşi kattasi 75 yoşli onaxon bölsa, yoşi kiçigi 17 yoşda. Viloyatdan ani paytga qadar 240 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda 247 nafarga yetib, davolanayotganlar 3 nafarni taşkil etmoqda. Uşbu viloyat ham koronavirusdan xoli hudud bölişga yaqin turibdi.
Samarqandda tuzalganlar ham (30 yoşli va 24 yoşli erkak) uşbu viloyatdan bölib, Toyloq va Samarqand tumanlaridan. Endilikda viloyatda soğayganlar 249 nafarga yetib, davolanayotganlar 89 nafarni taşkil qilmoqda.
Bundan avvalroq Toşkentda 15, Andijonda 2 nafar bemor tuzalgani töğrisida xabar berilgandi.
Şunday qilib, bugun 29 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar 2636 nafarni taşkil etmoqda.
Şu vaqtgaça Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Farğona viloyatlari ham koronavirusdan xoli hududlarga aylangandi. Navoiy esa koronavirusdan xoli hudud sifatida qayd etilganidan bir neça kun ötib yana yangi kasallaniş holatlari aniqlana boşladi.

















