«2020 yil 27 may soat 23:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, yangi kasallaniş holatlarining 7tasi Buxoro viloyatida aholi orasida (Şofirkon tumanidagi bitta oila a'zolari) aniqlangan. Mazkur holat uşbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini körsatmoqda.
Şuningdek, Toşkent şahrida aholi orasida 5 kişida, Toşkent viloyatida 2 kişiga (1 nafari xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan) virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan.
Buxoro viloyatida koronavirus mart oyi oxirida paydo bölgan va jami 442ta zararlaniş holati qayd etilgandi. 22 may kuni uşbu viloyatda aniqlangan sönggi bemor ham tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Uşbu viloyatda 9 maydan buyon yangi kasallaniş holati qayd etilmayotgandi.
- Bugun jami 79ta yangi zararlaniş holati qayd etildi, 32 kişi kasallikdan soğaydi va şu vaqtgaça tuzalganlar soni 2668 nafarga yetdi.
- Hozirda respublikaning 8 hududidagi şifoxonalarda 687 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari öta oğir ahvolda, 3 nafari esa oğir ahvolda.

















