Vazirlar Mahkamasining “Vatanimiz şonli tarixida öçmas iz qoldirgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi jasoratini keng tarğib qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitalarining 2021 yil noyabr oyida “Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan örni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.
“Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi, Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan örni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
“Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan örni” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq xarajatlar smetasi tasdiqlanadi. Moliya vazirligi mazkur xarajatlar smetasiga asosan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga 2021 yilda tegişliligi böyiça budjet mablağlarini ajratilişini közda tutadi. Bunda, Taşkiliy qömitaga zaruratga qarab smetaning umumiy summasi doirasida xarajatlar smetasiga tegişli özgartirişlar kiritişga ruxsat beriladi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalari bilan boğliq ilmiy-tadqiqot işlarini qöllab-quvvatlaş, xorijiy mamlakatlarga ekspeditsiyalar uyuştiriş borasidagi işlab çiqilgan ilmiy loyihalariga tegişli grant loyihalarini jalb etiş va ajratiş çoralarini köradi.
Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi, “Jaloliddin Manguberdi” fondi “Kim Vatanga qalqon bölsa, mendirman öşa!” şiori ostida Jaloliddin Manguberdi vatanparvarligi va jasoratini yoşlar örtasida keng tarğib etiş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi “Jaloliddin Manguberdi izidan” ekspeditsiyasi va işçi guruhi faoliyatini qöllab-quvvatlaş, xorijdagi ilmiy-ma'rifiy markazlar bilan aloqalar örnatiş, Vazirlar Mahkamasi bilan kelişgan holda çet ellarga safarlar uyuştiriş, hamda çiqiş vizalarini rasmiylaştirişda amaliy yordam körsatadi.












