Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi davlat organlarida konfidensial iş yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomani tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Davlat organlarida konfidensial iş yuritiş va uning holati («Konfidensial» grifi bölgan hujjatlar, iş jildlari va naşrlarni röyxatga, hisobga oliş, köpaytiriş, saqlaş va ulardan foydalanişni nazorat qiliş) uçun javobgarlik devonxonalar zimmasiga yuklanadi.
Devonxona konfidensial hujjatlar bilan işlaşda taşkiliy va uslubiy rahbarlikni amalga oşiradi, şuningdek, davlat organining tarkibiy bölinmalari va idoraviy mansub taşkilotlarda kiruvçi konfidensial hujjatlar ijrosini nazorat qiladi.
Konfidensial hujjatlar bilan işlaşga ruxsat etilgan xodim bilan Özbekiston Respublikasining «Tijorat siri töğrisida»gi Qonuniga muvofiq Konfidensial axborot va tijorat sirini oşkor qilmaslik töğrisida Qöşimça kelişuv tuziladi.
Konfidensial hujjatlar bilan işlaşdan avval xodim tegişli hisobga oliş şakllariga imzo qöygan holda uşbu Yöriqnoma, Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma'lumotlar röyxati, konfidensial axborotga tegişli ma'lumotlar bilan işlaşni tartibga soluvçi boşqa normativ hujjatlar bilan tanişişi şart.
Hujjatni konfidensial toifasiga kiritiş va «Konfidensial» grifini qöyiş töğrisidagi qaror yuqorida körsatilgan Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma'lumotlar röyxati asosida qabul qilinadi:
ijroçi tomonidan – hujjat loyihasini tayyorlaş davomida;
davlat organi yoki uning tarkibiy bölinmasining rahbari tomonidan – hujjatni kelişayotganda yoki imzolanganda.
Davlat organlarining rahbarlari hamda vakolatli xodimlari uşbu davlat organida tayyorlangan, şuningdek, ularning tarkibiy bölinmalari va idoraviy mansub taşkilotlardan olingan hujjatlar va naşrlardagi ma'lumotlar «Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma'lumotlar röyxati»da körsatilgan ma'lumotlarga mos kelmasa, şuningdek, ulardagi ma'lumotlar özgartirilganda, konfidensialligi va ahamiyati yöqolganda «Konfidensial» grifini (ularni bu haqda yozma ravişda ogohlantirilgan holda) bekor qiliş huquqiga egadirlar.
Davlat organlarining rahbarlari va vakolat berilgan xodimlari imzolanayotgan hujjatlar va naşrlarning konfidensial ma'lumotlar sirasiga kiritilişining asoslanganligi, şuningdek, ulardan «Konfidensial» grifini bekor qilinişi uçun şaxsan javobgar böladilar.
















