Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytiriş uçun turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga doir keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga köra, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi budjetdan taşqari Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan:
a) 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar bölgan davrda quyidagilarga Inqirozga qarşi kuraşiş respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiş şaklida:
· turoperatorlarga 2019 yildagi örtaça oylik iş haqi fondining uç baravaridan oşmaydigan miqdorda;
· joylaştiriş vositalariga har bir yotoq örni uçun bazaviy hisoblaşning beş baravari miqdorida;
b) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini taşkil etiş tartibiga muvofiq turizm sohasidagi “startap” loyihalar va innovatsion biznes ğoyalarni, şu jumladan birinçi navbatda turistlar uçun qulayliklar yaratişga yönaltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini umumiy 1,5 milliard söm miqdorida qisman subsidiyalaş orqali;
v) 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar bölgan davrda respublika hududlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) xorijiy oşxona yoki alohida yönaliş böyiça ixtisoslaşgan tematik ovqatlaniş şoxobçalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş, şuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça xizmatlarni taşkil etiş böyiça loyiha taşabbuskorlariga loyiha qiymatining 30 foizi, lekin har bir loyiha uçun 100 million sömdan ortiq bölmagan miqdorda grantlar ajratiş orqali;
g) 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar bölgan davrda yangi turizm mahsulotlari va yönalişlarini işlab çiqiş va tarğib qilişga gidlar uçun 5 million söm, turoperatorlar uçun 10 million söm miqdorida grantlar ajratiş orqali qöşimça kömak körsatiladi.
Davlat tomonidan quyidagi qöşimça kömak körsatiladi:
a) Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagilarni subsidiyalaş:
· joylaştiriş vositalarini quriş uçun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar böyiça 2020 yil 1 martdan 1 iyungaça bölgan davrda turizm sohasi sub'yektlarining foiz xarajatlari;

















