Crew Dragon kemasi Falcon 9 raketasida Toşkent vaqti bilan 31 mayga ötar keçasi Floridadagi kosmodromdan uçirildi.
Tramp va vitse-prezident Mayk Pens raketa uçirilişini bevosita voqea joyidan kuzatişdi. Şu bilan birga, AQŞ prezidenti va Mask Kennedi nomidagi koinot markazida nimalar haqida gaplaşganlarini eşitişning iloji bölmagan.
AQŞ prezidenti raketa uçirilgandan keyin çiqiş qilib, astronavtlar kemada özlarini yaxşi his qilişayotganini aytgan.
“Men Crew Dragon kapsulasi past orbitaga yetgani va astronavtlarimiz özlarini ajoyib his qilayotganlarini ma'lum qilişdan xursandman”, deb aytgan Tramp öz nutqida.
Şuningdek, u yaqin orada AQŞda tarixdagi “muhim qurol” paydo bölişini aytgan.
“Yaqinda biz Marsda qönamiz va bizda tarixdagi muhim qurol böladi. Men işlanmalarni kördim, hattoki men ham bunga işona olmayman”, deb ta'kidlab ötgan Tramp.
Şu bilan birga u tafsilotlarni keltirmagan.
Avvalroq Tramp AQŞ dunyodagi eng tezkor “super-puper” raketani işlab çiqayotganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, uşbu raketa dunyodagi mavjud eng tez raketalardan 17 marta tezroq böladi.

















