Jumladan, Smith & Wesson Brands Inc. kompaniyasi aksiyalari narxi 2 iyunda 13,8 foizga, Sturm Ruger & Co.’niki 6,2 foizga qimmatlaşgan. Vaholanki, bir kun avval uşbu kompaniyalar aksiyalari narxi mos ravişda 15,1 va 9,4 foizga oşgan. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar qildi.

 “Hozirda dunyoda yuz berayotgan voqealar sababli öqotar qurolga qiziqiş va talab oşişi kutilmoqda”, deb aytgan Interactive Brokers kompaniyasi boş strategi Stiv Sosnik.
 
Sturm Ruger rahbari Kristofer Killoyning fikriça, qurolga talabning oşişi, şuningdek, koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan çeklovlar va şaxsiy xavfsizlik uçun xavotir oşişi bilan boğlangan bölişi mumkin. 

AQŞda afroamerikalik Jorj Floyd ölimidan keyin boşlangan ommaviy noroziliklar va tartibsizliklar mudofaa vositalariga, jumladan közni açiştiruvçi garmdorili ballonçalar va elektroşokerlarga talab oşişiga olib kelgan.