Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida ikkinçi öqişda muhokama qilingan yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati töğrisida»gi qonun loyihasi bahs-munozaralarga sabab böldi.
Parlament saytida xabar qilinişiça, xalqaro prinsip va ilğor tajribalar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solişning samarali taşkiliy-huquqiy mexanizmini yaratiş, auditorlik faoliyatini litsenziyalaş böyiça davlat xizmatlari körsatiş tartibini soddalaştiriş va auditorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun qoğoz şakldagi litsenziya berişni bekor qiliş qonun loyihasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Qonun loyihasini moddama-modda körib çiqiş çoğida Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi tomonidan ikkinçi öqişga taqdim etilgan loyiha tahriri deputatlar örtasida köplab savollar keltirib çiqardi.
Xususan, malaka sertifikatini beriş, auditor töğrisidagi ma'lumotlar auditorlar reyestriga kiritilmagan va vakolatli organning veb-saytida joylaştirilmagan bölsa, mazkur faoliyat bilan şuğullanişi mumkin emasligi töğrisidagi, şuningdek alohida moddada bayon etilgan asosiy tuşunçalar deputatlar tortişuviga olib keldi. Ayrim deputatlar auditorlik taşkilotlari tadbirkorlik sub'yekti deb hisoblanişi yoki bunday emasligi borasidagi öz fikrlarini bayon qildilar.
Deputatlarning köpçilik ovozi bilan qonun loyihasi takomilga yetkaziş va Qonunçilik palatasi majlisi muhokamasiga ikkinçi öqişda qayta kiritiş uçun qömitaga qaytarildi.

















