Boris Jonson Hongkongning 3 mln fuqarosiga Britaniyada yashash huquqini berishga tayyorligini aytdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Xitoyda Hongkongning Pekinga qaramligini kuchaytiruvchi yangi qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, uch millionga yaqin hongkonglikka qirollikda yashash va ishlash imkoniyatini berishni va'da qildi.

Foto: Barcroft Media
Rasmiy Londonning bu qadami xavfsizlikka doir yangi qonun qabul qilish orqali Hongkong ustidan nazoratni kuchaytirishga urinayotgan Xitoyga xalqaro bosimni kuchaytiradi.
Pekindagilar Boris Jonsonning bu qadami «javobsiz qolmasligi»dan ogohlantirdi.
«Hongkongda yashayotgan ko‘plab odamlar Xitoy qo‘llab-quvvatlashni va'da qilgan hayotlari xavf ostida qolishidan qo‘rqishmoqda, — deb yozgan Jonson The Times of London gazetasidagi kolonkasida. — Agar Xitoy hongkongliklarning bu qo‘rquvini reallikka yaqinlashtirishda davom etsa, u holda Britaniya qo‘l qovushtirib tura olmaydi; aksincha, biz o‘z majburiyatilarimizni bajaramiz va alternativ variant taklif qilamiz».
Rasmiy Pekin Buyuk Britaniya bosh vazirining bu so‘zlarini mamlakat ichki ishlariga aralashuv deb baholadi va Xitoy 1997 yilda tuzilgan, Hongkong boshqaruvi Buyuk Britaniyadan Xitoyga o‘tishi belgilangan kelishuv bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarib kelayotganini ta'kidladi.
«Biz Birlashgan Qirollikka vaziyatni keskinlashtirmaslikni, o‘z sovuq urushi va mustamlakachilik dunyoqarashini bas qilishni, Hongkong Xitoyga qaytgan reallikni qabul qilishni maslahat beramiz», – dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Lijian chorshanba kungi brifingda.
Bloomberg`ning qayd etishicha, Boris Jonson hukumati pandemiyadan so‘ng Xitoy bilan aloqalarni qayta ko‘rib chiqish lozimligini aytmoqda. Xususan, britan rasmiylari XXRning telekom-giganti Huawei Technologies Co bilan rejalashtirilgan loyihalarni to‘xtatib qo‘yishi ehtimoli bor.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:14 / 06.06.2025