Davlat test markazi rahbari Majit Karimovning ma'lum qilişiça, joriy yilda hujjatlar DTM sayti, Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uzluksiz va onlayn tarzda qabul qilinadi:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
- Davlat test markazining rasmiy veb-sayti.
Bunda abituriyentlarga uydan çiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni topşirişlari lozim:
Avvalgi yillardagi bitiruvçilar uçun
- pasport;
- diplom;
- til böyiça sertifikat;
- imtiyozi mavjud bölganda, imtiyozni tasdiqlovçi hujjatlar.
Joriy yil bitiruvçilari uçun:
- Pasport;
- Bitiruv attestati (qabul qiluvçilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).
Oliy ta'lim muassasalariga qabul körsatkiçlari ta'lim yönalişlari va öqitiş tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta'lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.
Şuningdek, anjumanda 2020-2021 öquv yili uçun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan ötkazilişi ma'lum qilingan.


















