1 iyundan esa, Primero va Segundaning barcha jamoalari 82 kunlik tanaffusdan so‘ng, birinchi marta umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarni boshlashdi. Ungacha futbolchilar alohida yoki kichik guruhlarda shug‘ullanishayotgan edi. Ispaniyada futbol muxlislari kun sanayotgan bir paytda, turnirda bizni nimalar kutayotgani haqida mulohaza yuritamiz.
O‘yinlar Andalusiya derbisi bilan boshlanishi ham o‘ziga yarasha e'tiborni jalb qilishi tabiiy. Shuningdek, ertasi kuni muxlislar «Mestalya»dan Valensiya derbisini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi. Keling avval, rasman e'lon qilingan turlar taqvimi bilan tanishing:
11 iyun. SeVILYa - BeTIS
12 iyun. GRANADA - XeTAFe, VALeNSIYa - LeVANTe
13 iyun. ESPANOL - ALAVeS, SeLTA - VILReAL, LeGANeS - VeLYaDOLID, MALORKA - BARSeLONA
14 iyun. ATLeTIK - ATLeTIKO, ReAL M - EYBAR, SOSeDAD - OSASUNA
15 iyun. LeVANTe - SeVILYa, BeTIS - GRANADA
16 iyun. XeTAFe - ESPANOL, VILYaReAL - MALORKA, BARSeLONA - LeGANeS
17 iyun. EYBAR - ATLeTIK, VALYaDOLID - SeLTA, OSASUNA - ATLeTIKO
18 iyun. ALAVeS - SOSeDAD, ReAL - VALeNSIYa
O‘yinlar har kuni bo‘lib o‘tadi
Ispaniya chempionatida yangi mavsum 12 sentyabrda boshlanadi, shuning uchun, joriy mavsumni yakunlash uchun vaqt u qadar ko‘p emas.
Ispaniya federatsiyasi va La Liga anchadan beri, turnir o‘yinlarini juma va dushanba kunlari ham qo‘yish haqida bahslashib kelardi. Federatsiya bunga qarshi - dam olish kunlarida muxlislarning stadionga borishi qiyinlashib ketadi. La Liga uchun esa, o‘yinlar o‘tkaziladigan kunlarning ko‘payish foydali - chet davlatlarga translatsiyalardan pul keladi.
Bu bahsda sud orqali federatsiya g‘alaba qozongandi, lekin bugungi sharoitda, bu masala ko‘tarilmadi, aksincha, har kuni o‘ynash ham mumkin. Axir baribir stadionga muxlislar kelmaydi. 11 iyundan boshlab, o‘yinlar har kuni bo‘lib o‘tadi va o‘rtacha, bir kunga 2-3 uchrashuv to‘g‘ri keladi. Deyarli hamma o‘yinlar kechroq vaqtga qo‘yilgan va eng vaqtli o‘yinlar bizning vaqt bilan 22:30da boshlanadi. Tushlik paytida Ispaniyada ham issiq bo‘lgani uchun o‘ynashning iloji yo‘q.

















