Tadbirda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev 2020 yilda Toşkentda ta'mir rejasiga kiritilgan yöllar va hozirda bu borada olib borilayotgan işlar haqida ma'lumotlar berdi.

«Toşkent şahar hokimining 2020 yil 3 fevraldagi 440-sonli qaroriga asosan ötgan yillar davomida aholidan kelib tuşgan murojaatlar va yöllar holatini örganişlar böyiça ta'mirtalab deb topilgan 200ga yaqin köçalar yangi texnologiyalar asosida asfalt qilinadi.
Bu işlar jarayonida poytaxtimizning 500 ming kv metrdan ortiq maydoni asfalt qilinişi rejalaştirilgan. 2020 yil 1 iyun holatiga umumiy hisobda 40 kun içida rejadagi köçalarning 60tasi ta'mirlandi va ularga 176 ming kv metr asfalt yotqizildi. Yana 52ta markaziy va 81ta içki köçalar holati yaxşilanişi közda tutilgan», deydi hokimlik vakili.
2020 yil 1 iyun holatiga - 176 ming m2 maydonda, 19,3 mlrd sömlik yoki umumiy hajmning deyarli uçdan bir qismida ta'mirlaş işlari amalga oşirildi. Bunda belgilangan 193ta köçalardan 60tasi töliq joriy ta'mirlandi (57ta markaziy köçalar va 3ta mahalla içki köçalari). Mazkur işlar 40 kunda amalga oşirildi.
Yana 302 ming m2 maydonda - 133ta köçada (52ta markaziy köçalar va 81ta mahallalar köçalari) 30,2 mlrd sömlik işlar amalga oşirilişi lozim.
Amalga oşirilişi belgilangan eng yirik köçalar:
Nurafşon va Sebzor kesişmalaridan boşlab Axmad Doniş va Yangi şahar köçalarining kesişmalarigaça (4,5 km, 98 mlrd sömlik işlar) hamda Farğona yöli köçalarining (7,6 km, 97 mlrd sömlik işlar) yöl qoplamasini mukammal ta'mirlaş işlari amalga oşirilişi yuzasidan loyihalaştiriş va parallel ravişda ta'mirlaş işlari ham boşlangan.

«Albatta, bu mablağlar bir qaraşda köp tuyilsa-da, yirik loyihalar uçun kamlik qiladi. Şu sabab qöşimça mablağlar jalb qiliş, lozim bölsa kredit oliş ustida ham işlanmoqda», dedi Furqat Mahmudxöjayev.
















