Nemis telekanali xabariga köra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) jiddiy özgarişlarga kirişadi, şu asosda bunga qadar rivojlanişiga Germaniya kömaklaşib kelgan hamkor-davlatlar soni 85tadan 60taga qisqaradi.
Xususan, Germaniya Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Özbekiston bilan keng iqtisodiy hamkorlikni saqlab qolişi kutilmoqda.
«BMZ-2030» deb nom olgan islohot böyiça hozirça yakuniy qarorga kelinmagan. Vazirlikdagilar şu yil yozda tasdiqlanişi kutilayotgan «konsepsiya» haqida gapirişmoqda. Vazir Gerd Myuller bu yangilikni dunyo mamlakatlari rivojlanişiga Germaniya körsatadigan kömakning «samaraliroq va sezilarliroq bölişi»ni istayotgani bilan izohlagan.
Germaniya «BMZ-2030» doirasida 25ta mamlakatdagi loyihalarni yakunlaşi, tuşuntirilişiça, bu davlatning ayrimlari yetarliça rivojlanib olgani va endilikda qöllab-quvvatlaşga muhtoj emasligi, ayrim mamlakatlar esa korrupsiyaga qarşi kuraş, inson huquqlariga rioya etiş va davlat boşqaruvini yaxşilaş borasida ijobiy natijalarga erişa olmayotgani bilan boğliq.
Vazirlik bergan izohga köra, hamkorlikning qisqartirilişi Germaniyaning bu mamlakatlar bilan «bundan buyon hamkor-davlat emasligi»ni anglatmaydi, bu – faqatgina «hamkorlik şaklining özgarişi» xolos.
Şunga qaramay, DW`ning yozişiça, mazkur islohot Germaniya va 20dan ortiq davlatning ikki muassasa – GIZ Xalqaro taraqqiyot jamiyati va KfW davlat taraqqiyot banki vositaçiligidagi töğridan töğri ikki tomonlama aloqalariga amalda barham beradi.
BMZ`ning Markaziy Osiyodagi yagona hamkori Özbekiston bölib qoladi.
«Oxirgi uç yildagi islohotlar natijasida erişilgan taraqqiyot tufayli hamkorligimiz kuçaydi», – deyiladi vazirlikning DW söroviga javobida.
Qayd etilişiça, BMZ 2019 yilda Toşkentning soğliqni saqlaş, kiçik va örta tadbirkorlik sub'yektlari va kasb-hunar ta'limini isloh qiliş böyiça yangi loyihalarini qöllab-quvvatlaşga rozi bölgan.
Vazirlikning qöşimça qilişiça, Qirğiziston va Tojikiston bilan hamkorlikda boşlab qöyilgan loyihalar oxirigaça yetkazib qöyiladi.

















