Vazirlar Mahkamasining “Namangan şahar, Qarşi va Marhamat tuman adliya bölimlari huzurida eksperiment tariqasida Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmatlar körsatiş markazlari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Namangan şahar, Qarşi va Marhamat tumanlarida davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmatlarining ştat birliklarini qisqartiriş hisobiga, eksperiment tariqasida Davlat organlari va taşkilotlariga yuridik xizmatlar körsatiş markazlari (Yuridik xizmatlar körsatiş markazlari) taşkil etiladi.
Belgilab qöyilişiça, Yuridik xizmatlar körsatiş markazlari:
yuridik şaxs hisoblanmaydi va tuman (şahar) adliya bölimlarining tarkibidagi bölinma sifatida faoliyat yuritadi va bevosita viloyat adliya boşqarmalariga böysunadi;
Namangan şahrida 5 ta, Marhamat tumanida 4 ta, Qarşi tumanida 3 ta (1 ta markaz boşliği va yetakçi yuriskonsult lavozimlaridan taşkil topadigan) ştat birliklaridan iborat böladi. Bunda mehnatga haq tölaş razryadlari böyiça markaz boşliği lavozimi tuman (şahar) adliya bölimlarining boş maslahatçisi, yetakçi yuriskonsult lavozimi yetakçi maslahatçisi lavozimlariga tenglaştiriladi;
xodimlariga tuman (şahar) adliya bölimlari xodimlari mehnatiga haq tölaşning amaldagi şartlariga muvofiq tarif stavkalari belgilanadi, şuningdek, adliya organlari xodimlari uçun nazarda tutilgan martaba darajalari va köp yillik xizmatlari uçun ustama haq miqdorlari tatbiq etiladi;
ta'minoti uçun xarajatlarni moliyalaştiriş davlat budjeti mablağlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
Yuridik xizmatlar körsatiş markazlarining qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralaşiş, töğridan-töğri yoki bilvosita noqonuniy ta'sir ötkaziş qat'iyan taqiqlanadi va bunday harakat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab böladi;
eksperimentni ötkaziş davrida körsatilgan davlat organlari va taşkilotlari tomonidan Yuridik xizmatlar körsatiş markazi xodimi bilan kelişmasdan (vizasini olmasdan) qabul qilingan buyruqlari, farmoyişlari, şartnomalari va yuridik tusdagi boşqa hujjatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi;
Yuridik xizmatlar körsatiş markazlari xodimlari mansab majburiyatlarini bajariş çoğida yuridik xizmat körsatilayotgan davlat organlari va taşkilotlari bilan manfaatlar töqnaşuviga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan şaxsiy manfaatdorlikka yöl qöymagan holda faoliyat olib boradilar;

















