Bugun, 8 iyundan «yaşil» hududlarda joylaşgan masjidlar öz faoliyatini boşladi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jomelarda erta tongdan kelgan namozxonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda bomdod namozini ado etdilar. Şu bilan «yaşil» hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda ibodatlar boşlandi.

«Xalqimiz boşga tuşgan sinovlarni «Alloh sabr qiluvçilar bilan birgadir», degan oyati karimaga amal qilib, çiroyli sabr ila yengib ötmoqda. Çindan ham, har qaday qiyinçilik ortida yengillik borligini aholimiz öz faoliyatini qaytadan boşlayotgan jomelarimiz misolida yaqqol his etmoqda.

Ta'kidlaş kerakki, «sariq» va «qizil» hududlar «yaşil» hududga ötgunga qadar bir oz sabr qilamiz, kelgusida u yerlarda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat etiladi, inşa Alloh», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, «yaşil» hududlardagi masjidlarda ibodatlarni taşkil etiş böyiça talablar belgilangandi.