GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani bölgan Viktoriya Skripal sözlariga köra, uning onasi Yelenaga öğli zaharlangani haqida aytişmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, 90 yoşli Yelena Skripalga öğli va nabirasi Yuliya Buyuk Britaniyada bedarak yöqolgani haqida ma'lum qilişgan.

«Unga Yuliya va Sergey Buyuk Britaniyada izsiz yöqolgani, biz ular qayerda ekanligini bilmasligimiz haqida xabar berildi. U şunday dedi: men bu dunyoda nimalar sodir bölayotganini tuşunmayapman, va nima uçun aynan ular», - deya ma'lum qildi Viktoriya Skripal.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripalning onasi öğlini bedarak yöqolgan deb tan olişni talab qilgandi.

Yelena Moskva politsiyasiga 2018 yil mart oyida Solsberida zaharlangan öz qarindoşlarini bedarak yöqolgan deb tan olişni sörab ariza bilan murojaat qilgan.

Bundan oldin, Skripallar qanday qilib tirik qolgani tuşuntirib berilgandi.