Xayriya aksiyasida 99 mln söm mablağ yiğildi. 1 iyun kuni Kun.uz muxbirlari Buxoroning Şofirkon, Jondor, Qoraköl va Olot tumanlarida bölib, imkon qadar haqiqiy haqdorlarni topişga harakat qilgan holda har biriga 3 mln sömdan 30dan ortiq oilaga hamyurtlarimiz mablağlarini yetkazdi.
Dastlab Şofirkon tumanining «Iskogare» mahallasida tabiiy ofatdan talafot körgan uçta xonadonga hamyurtlarimiz yordami yetkazildi.
Söngra Jondor tumanidagi ayrim xonadonlar egalariga mablağlar taqdim etildi.
Olot tumaniga borişdan avval, Qoraköl tumanida yöl yoqasidagi mahallalarga kirilib, yordamga muhtojligi yuzlaridan bilinib turgan oilalarga xayriya mablağlaridan taqdim etildi.
Qoş qoraya boşlaganida Olot tumaniga yetib borildi. Tabiiy ofatning asosiy zarbasi ayni tumanga töğri kelgan edi. Şu bois, mablağlarning katta qismi uşbu tumanda tarqatildi.
Ta'kidlaş örinliki, safarimiz çoğida moddiy ahvoli öta oğir 2-3 oilaga ham duç kelindi. Ularning ayrimlari, bizlarning jurnalistlar ekanimizni bilgaç, özlarining dardlarini ham sözlab ketişdi.
Xususan, Olot tumani, Navröz mahallasidagi bu onaxon Mahmudova Pölatoy xola 1952 yilda tuğilgan bölib, oğir xastalikka çalingan. Uning qizining sözlariga köra, mahalladan heç kim oila holidan xabar olmaydi. Farzandiga beriladigan pulni onaxonga berilgan yordam sifatida hisoblaşmoqda. Turmuş örtoği Rossiyaga ketganida u yoqda ham karantin çoralari kuçaytirilgan va musofirçilikda u ham işsiz qolgan.
Albatta, saxovatpeşalik, halimlik millatimizga xos fazilat. Sirdaryo viloyatining Sardoba suv ombori öpirilişidan jabr körgan hamyurtlarimizga ham xalqimiz baholi qudrat yordam qölini çözgan edi.
Buxoroliklar uçun uyuştirilgan xayriya aksiyasi ham juda çiroyli tarzda yakunlandi.
Aziz va qadrdon yurtdoşlar! Sizning oz-köp qilgan ehsonlaringiz öz egalariga yetkazildi. Kimki bu xayrli işga boş qöşgan bölsa, Allohdan unga çandon-çandon köpayib qaytişini va oxiratga zaxira bölişini sörab qolamiz. Xayrli işlardan aslo çarçamang!

















