AOKA ştabida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botir Qurbonov iştirokida brifing bölib ötdi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, Toşkent şahri koronavirus bemorlari soni köpligiga qaramay, «sariq» hudud bölib qolayotganiga izoh berildi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obektlar böyiça karantin çeklovlari örnatilmoqda. 

Unga köra:

jami 513 ta mahalla fuqarolar yiğinidan 42 tasi — «qizil» hudud;

132 tasi — «sariq» hudud;

339 tasi — «yaşil» hududga ajratilgan.

Toşkent şahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta'sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilaş tizimli tarzda amalga oşirilmoqda, deyiladi ma'lumotda.