Maktubda amerikaliklar yetakçisi Sardoba suv omboridagi texnogen ofat yuzasidan hamdardlik bildirgan.
Şuningdek, Tramp pandemiyaga qarşi çora-tadbirlar uçun Özbekistonning kömak sörovi tez orada körib çiqilişini ma'lum qilgan.
Özbekiston prezidenti matbuot xizmati maktub matnini taqdim etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizga va 2020 yil 1 may kuni Sardoba suv omborining töğoni qisman qulaşi oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildiraman. Suv ostida qolgan uylar, köçirilgan aholi, vayron bölgan yöllar va fermer xöjaliklari tasvirlarini köriş qalbni larzaga soladi.
Şaxsiy e'tibor va tezkor çoralar köriş orqali Siz liderlik xususiyatlarni namoyiş etdingiz. Davlat departamenti va AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi ham uşbu fojiaga javoban darhol çora kördilar va kömak körsatişga qaratilgan sa'y-harakatlarimiz uçun mablağ ajratdilar.
Amerika Qöşma Ştatlari uşbu muşkul paytda Özbekiston va uning xalqiga yelkadoşdir.
Şu bilan birga, koronavirusga qarşi kuraşda birgalikda iş olib borar ekanmiz, uşbu mudhiş pandemiyaga qarşi çora-tadbirlar uçun yordam böyiça sörovingiz tez fursatlarda körib çiqilişini ta'minlaş uçun ma'muriyatimga körsatma berdim.
Hurmat bilan,
Donald Tramp,
Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti

















