Suv toshqini sababli yopilgan Toshkent–Samarqand yo‘li avtomobillar uchun ochildi
"Toshkent-Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo‘lining 103-km.dan A-373 avtomobil yo‘lidan foydalangan holda harakatlanib o‘tib ketish mumkin.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘li bilan Guliston yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan M-34 yo‘lini bog‘lab turuvchi A-373 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 37-km.dan 0-km.gacha bo‘lgan hududining "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishi 2020 yil 13 iyun kunidan transport vositalarining kunning yorug‘ vaqtida harakatlanishi uchun ochildi.
2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyati joylashgan “Sardoba” suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yo‘nalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga ham jiddiy talafot yetdi.
Shu bilan bir qatorda, ushbu suv toshqini natijasida yuqoridagi hududlardagi xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yo‘llari, yo‘l ko‘priklariga ham jiddiy zarar yetib transport vositalarini harakatlanishi cheklangandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirgi kunda ham tegishli tashkilotlar tomonidan kerakli maxsus transport vositalari jalb etilgan holda yuqorida ko‘rsatilgan avtomobil yo‘li hamda ko‘priklarda ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat hududidan boshqa viloyatlarga tranzit tartibida harakatlanib o‘tib ketayotgan haydovchilar va fuqarolarga "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo‘lining 103-km.dan A-373 avtomobil yo‘lidan foydalangan holda harakatlanib o‘tib ketishlari mumkinligi, lekin yo‘lning ochilgan qismidagi yo‘l o‘tkazgich ko‘priklarda ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda tirbandliklarni oldini olish maqsadida sutkaning qorong‘i vaqtida transport vositalari M-34 avtomobil yo‘lining 103 km. "Toshkent-Dushanbe" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishda davom etishlari mumkinligi bildirilgan.
Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatidan tranzit tarzda Jizzax yo‘nalishidan Toshkent va vodiy viloyatlarga yo‘l olgan transport vositalari haydovchilari A-373 avtomobil yo‘lining 17-37 km.larida ta'mirlash ishlari ketayotganligi sababli Mirzaobod tumani hududidan o‘tgan 4R-18A avtomobil yo‘li orqali Guliston shahar yo‘nalishi tomon harakatlanib M-34 avtomobil yo‘lining 119 km.dagi chorrahaga chiqib Toshkent va vodiy viloyatlari tomon yo‘nalishga chiqib ketishlari mumkin.
“Yuqoridagilarni inobatga olib, haydovchilardan yo‘llarning ushbu qismidan harakatlanib o‘tayotgan vaqtlarida yo‘l harakati qoidalariga hamda tartibga soluvchining ishoralariga amal qilgan holda transport vositalarini boshqarishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

13:18 / 02.04.2025
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi

15:08 / 31.03.2025
Sirdaryoda Siemens ishtirokida "yashil" logistika markazi tashkil etilishi mumkin

11:56 / 17.03.2025
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi

16:53 / 28.02.2025