“2020/2021 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Prezident qaroriga muvofiq, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar:

  • oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlarida faqat davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlarini belgilaş;
  • tölov-kontrakt asosidagi qabul körsatkiçlarini oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilaş. Bunda, tölov-kontrakt asosidagi qabul körsatkiçlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilangan miqdordan kam bölmasligi lozim;
  • iqtidorli talabalarni nodavlat oliy ta'lim taşkilotlarida ham davlat granti asosida öqitiş;
  • alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim sohalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga öqişga qabul qiliş uçun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uçta – ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi fanlari böyiça test sinovlari topşiriş tartibini joriy qiliş böyiça Hukumatga asoslantirilgan takliflarni kiritadi.