“2020/2021 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabariga köra, özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötgan oliy ta'lim muassasalariga özini özi töliq moliyaviy ta'minlaş miqdoridan kelib çiqib, tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatini belgilaş huquqi berildi.
Özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötgan OTMlar rektorlari bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça belgilangan tölov-kontrakt miqdori haqidagi ma'lumotlarni bir hafta muddatda ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoğida e'lon qiladi.
Eslatib ötamiz, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta'lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida özini özi moliyalaştiriş tizimiga ötişi belgilangan:
- Samarqand davlat çet tillari instituti;
- Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
- Toşkent davlat yuridik universiteti;
- Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- Toşkent moliya instituti;
- Toşkent davlat şarqşunoslik instituti;
- Toşkent farmatsevtika instituti;
- Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Urganç davlat universiteti;
- Toşkent temir yöl muhandislari instituti.


















