Andijonda IIB binosida fuqaroning kaltaklanişiga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan uç nafar IIB xodimi va yana ikki rahbar xodim - Andijon şahar IIO FMB boşliği podpolkovnik S.Usmanov va Andijon şahar IIO FMB 4-sonli içki işlar bölimi boşliği podpolkovnik P.Mamajonov lavozimidan ozod etildi. Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov 14 iyun kuni uşbu xodimlarni işdan oliş töğrisidagi buyruğini imzolagan.

«Joriy yilning 30 may kuni Andijon şahar Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 4-sonli içki işlar bölimi xodimlari tomonidan, iş yurituvidagi ariza yuzasidan içki işlar bölimiga olib kelingan fuqaro A.Abdukarimov Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan va vraçlar tomonidan közdan keçiriş davomida uning badanida oğir tan jarohatlari mavjudligi aniqlangan. Unga şifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam körsatilgan bölişiga qaramasdan, A.Abdukarimov 11 iyun kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan Andijon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida, uç nafar içki işlar organlari xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Hozirda jinoyat işi böyiça prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşbu fuqaroga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganligi, hayoti va soğliği uçun xavfli bölgan zörlik işlatiş holatlariga yöl qöyilganligi tergov jarayonida örganiladi.

Mazkur holat yuzasidan Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan zudlik bilan xizmat tekşiruvi tayinlanib, ötkazilgan tekşiruv xulosasiga köra, fuqaro A.Abdukarimovning içki işlar bölimida noqonuniy uşlab turilganligi va boşqa noqonuniy holatlar böyiça bir qator xodimlarga nisbatan keskin intizomiy jazo çoralari qöllanilgan.

Xususan, Andijon şahar IIO FMB 4-son içki işlar bölimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari katta leytenant F.Xusanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirovlar içki işlar organlaridan böşatilgan. Andijon şahar IIO FMB boşliği podpolkovnik S.Usmanov va Andijon şahar IIO FMB 4-sonli içki işlar bölimi boşliği podpolkovnik P.Mamajonovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan. Bundan taşqari, 19 nafar rahbar va xodimlarga turli körinişdagi qat'iy intizomiy tartibdagi jazolar qöllanilgan.