AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞning yangi gipertovuşli raketalari diametri 70 santimetrli nişonni 1600 kilometr masofadan urişi mumkinligini aytdi.

"Biz yuzlab yangi kemalar, bombardimonçilar, reaktiv qiruvçilar va vertolyotlar, yangi tanklar, harbiy sun'iy yöldoşlar,  reaktiv raketalar, hatto dunyodagi eng tezuçar raketadan 17 baravar tez harakatlanuvçi va nişonni markaziy nuqtadan 14 dyuym atrofida (35 santimetr) 1000 mil (1600 kilometr) masofadan uruvçi gipertovuşli raketani qurmoqdamiz", - dedi Tramp Vest Poynt harbiy akademiyasi bitiruvçilari oldida qilgan çiqişi çoğida.

AQŞ prezidenti bu raketa qaçon tayyor bölişiga aniqlik kiritmadi.

Pentagon avvalroq AQŞ gipertovuşli qurol yaratiş borasida Rossiya va Xitoydan ortda qolayotganini bildirgandi.

Ma'lumot uçun, Lockheed Martin korporatsiyasi AQŞ harbiy-havo kuçlari uçun yangi ARRW raketasini işlab çiqiş maqsadiga 988,8 million dollar olgan bölib, raketani işlab çiqiş Orlando şahrida boşlanadi va 2022 yil 31 dekabrda nihoyasiga yetişi lozim.